Joriy yilning 18- yanvar kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshligi D.Mulladjanov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig’i Z.Jurayevalar Jizzax shahar “ Olmazor mahallasida” hamda Mirzacho‘l tumani “Mirzadala” MFYlarga borib, kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, MFY xodimlari va faollariga seminar treninglar o'tkazildi.
Kuzatuv o'tkazish jarayonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish sifatini tashkil etish tartibi va qoidalariga rioya qilinishi, ushbu jarayonda to‘ldirilgan savolnomalar sifati va haqqoniyligini ta’minlash, yakuniy ma’lumotlarning mutaxassislar tomonidan to‘liq tahlil qilinishi dolzarb vazifa ekanligini, bu esa o‘z navbatida statistika hodimlariga katta mas’uliyat yuklashini ta’kidladi.
Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Jarayondan fotolavhalar:
Axborot xizmati