Respublikamizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 93 141 tani tashkil qildi (ulushi 15,7 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 039 ta
Farg‘ona viloyati – 11 882 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 891 ta
Samarqand viloyati – 8 554 ta
Surxondaryo viloyati – 7 353 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 38 469 ta
sanoat sohasida – 16 057 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 8 049 ta
qurilish sohasida – 6 838 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 6 526 ta
Axborot xizmati