2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 9 087,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot (YAHM) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 49,7 % ga yetdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 4,5 foiz punktga kamaydi.
Axborot xizmati