2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 26 ta davlatga qiymati 78,4 mln. AQSH dollariga 102,8 ming tonna mosh eksport qilgan.
Mosh eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,5 ming tonnaga koʻp.
Oʻzbekiston eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – 88,6 ming tonnа
Qozogʻiston – 7,7 ming tonna
Eron – 1,6 ming tonna
Tojikiston – 1,1 ming tonna
2022-yilning 11 oyida xorijga eng koʻp mosh eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 38,7 ming tonna
Namangan viloyati – 18,5 ming tonna
Jizzax viloyati – 16 ming tonna
Samarqand viloyati – 11,2 ming tonna
Axborot xizmati