07/01/2023

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 39 ta xorijiy davlatlardan qiymati 17 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,9 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

Oyoq kiyimlari importi hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,2 ming juftga oshgan.

2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar:

Xitoy – 2,6 mln. Juft

Turkiya – 1,1 mln. Juft

Rossiya – 50,7 ming juft

Vyetnam – 43,6 ming juft

Indoneziya – 18,5 ming juft

Italiya – 14,6 ming juft

Chexiya – 7,6 ming juft

Hindiston – 6,6 ming juft

 

Axborot xizmati