Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.
Olxoʻri eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olxoʻri eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 29 ming tonna
Rossiya – 17,2 ming tonna
Qirgʻiz R. – 2 ming tonna
Belarus – 102,2 tonna
2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp olxoʻri eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 15,6 ming tonna
Surxondaryo viloyati – 6,9 ming tonna
Samarqand viloyati – 5 ming tonna
Axborot xizmati