Joriy yilning 18-noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun uchun ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i Dilshod Mulladjanov Anvarovich o‘z nutqida davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 29 yil to‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi deya barchani ushbu kun bilan muborakbod etdi.
Tadbirda qonunning muhum jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jizzax viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti G‘.Qo‘shoqov tomonidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi, Jumladan, Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir, bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Axborot xizmati