23/09/2022

Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha ro'yxatdan o'tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko'ra 2307 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 510 taga yoki 128,4 foizga oshganligini ko'rish mumkin.


Faoliyat ko'rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2 080 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 444 taga yoki 127,1 foizga oshganligini ko'rish mumkin.
2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 571 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 125 taga yoki 128,0 foizga oshganligini ko'rish mumkin.

 

Axborot xizmati