“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha boshqarmada seminar tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari va Jizzax viloyat Adliya bo‘limi, Jizzax viloyat Bandlik bosh boshqarmasi mutaxasislari ishtirokida o‘tkazildi.
Seminarda qonunning muhum jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Axborot xizmati