Jizzax viloyat statistika boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Jizzax shahar Kimyogar mahallasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022 yil 08 avgustda qabul qilingan O‘RQ-788-sonli qonun mazmuni-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, Qonunning asosiy maqsad vazifalari haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi belgilab berilgani to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi; qonuniylik; adolatlilik; xalqqa xizmat qilish; davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; xolislik, professionallik va kompetentlik; davlat fuqarolik xizmatiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi; davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha savollar berildi.
Axborot xizmati