28/07/2022

Jizzax viloyati Zarbdor tumani Ravot hamda Yangi hayot MFYlarida mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari boshlandi.

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshlagan edi.

Ushbu bo‘limning asosiy vazifasi tuman (shahar) aholisiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, kadastr organlari bilan birgalikda mahalla xaritalarini yangilash, ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan xodimlarni tanlash va ularni o‘qitish, ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli qilib tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazishdan iborat.

 

Axborot xizmati