30/06/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6257-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida Kimyogar mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda, farmoning quydagi asosiy qisimlariga to‘xtalib o‘tildi: Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilsin.

Korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilansin.

Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etilish belgilangan farmon orqali.

 

Axborot xizmati