O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8-yanvarda qabul qilingan Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi 457-sonli Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda, qonunning maqsadi, vazifalari hamda ahamyati to‘g‘risida tushunchalar berildi va qonunning quydagi asosiy qisimlariga to‘xtalib o‘tildi:
Ushbu Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Axborot xizmati