24/06/2022

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi 2022 yil 12 aprelda qabul qilingan O‘RQ-763-sonli va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-sonli qonunlar qonun to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berildi.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.

Kiberxavfsizlik to‘g‘risida Qonunning maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi, axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsaddagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va foydalaniladigan xonalar, qonunning asosiy tushunchalariga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Axborot xizmati