13/07/2022

2022- yilning yanvar-may oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 131,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 123,3 % ni tashkil etdi.


Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-may oylarida bu ko‘rsatkich 106,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘sish 16,0 % darajasida qayd etilgan.
Ushbu xizmatlarning eng katta hajmi Jizzax shahrida (23,0 mlrd. so‘m) qayd etilgan.
Sababi shundaki, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning aksariyati shu hududda ro‘yxatga olingan.

 

Axborot xizmati