2022-yilning yanvar-may oylarida viloyatning Jizzax shahri va Zafarobod tumanidan tashqari barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 388,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 257,1 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 121,9 mlrd. so‘mni, otlar 7,7 mlrd. so‘mni, parrandalar 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Savdo aylanmasining to‘liq tarkibi quyidagi ko‘rsatkichda o‘z aksini topgan.
Axborot xizmati