24/06/2022

2022-yilning yanvar-may oyida viloyatning Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlaridan tashqari barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 327,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (100,4 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati