31/05/2022

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611-son qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha “Jizzax shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi”da seminar tashkil etildi.

Seminarda Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun maqsadi, vazifalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi sifatida quyidagilar aytib o‘tildi. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Qonunning asosiy prinsplariga ya’ni Aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

davriylik; umumiylik va bir paytdalik; ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi; shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi; aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.

Ushbu prinsiplar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Qonunning asosiy tushunchalariga to‘xtalib o‘tildi. Tadbir so‘ngida tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashishdilar.

 

Jizzax viloyat statistika boshqarmasi

bosh yuriskonsulti Qo‘shoqov G‘ulom.