02/06/2022

2022-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning importyorlari soni 253 tani tashkil etib, ular tomonidan 158,4 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 2,3 martaga oshdi) tovar va xizmatlar import qilinishi ta’minlandi.

Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (71,5 %) va sanoat tovarlari (9,8 %) guruhi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 89,3 mln. AQSh dollariga ko‘paydi va 158,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

 

Axborot xizmati