Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 2 294,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-martga oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,7 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 94,1 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati