06/05/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-martida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda– YAHM) hajmi joriy narxlarda 4 166,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil qildi.


O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Jizzax viloyatining qo‘shgan hissasi 2,6 % ga yetdi.

 

Axborot xizmati