06/04/2022

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar oyida jami faoliyat yuritayotgan boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 164,5 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqning 2021-yilning yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 109,8 % ni tashkil etdi.Shuningdek, boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Toshkent shaxar (43,1%), Xorezm viloyati (12,2%), Navoi viloyati (11,3%) hamda Toshkent viloyati (10,3%) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.