06/04/2022

2022- yilning yanvar-fevral oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 77,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 0,7 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilga nisbatan 102,1 % ni tashkil etgan holda 289211,7 mln. so‘m miqdorida qayd etildi.


MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Jizzax shahri (139835,7 mln. so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 37,2 %),

Sharof Rashidov tumani (53013,4 mln. so‘m yoki 14,1 %),

Zomin tumani (24146,5 mln. so‘m yoki 6,4 %)ga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati