04/04/2022

Boshqarmada tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida “Jizzax viloyat statistika boshqarmasi tizimida 2022 - yil 1 choragida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Boshqarmasi boshlig‘i D.Mulajonov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tizimida 2022 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi” mazmun-mohiyati hamda ijrosi taminlashda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida oz fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 12 yanvarda qabul qilingan PQ-81-sonli qarori to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi.
Qaror asosida Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.


Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish uchun aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarar jazolash tamoyilini tadbiq etish keltirilganligi ta‘kidlab o‘tildi.

Axborot xizmati