01/04/2022

Joriy yilning 31-mart kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha a’zolar  hamda  Kasaba uyushma tomonidan “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusi yuzasidan tadbiri bo‘lib o‘tdi.— Sogʻlom turmush tarzi — insonning kun tartibiga rioya etishi, faol harakat asosida organizmini chiniqtirishi, sport bilan shugʻullanishi, toʻla va sifatli ovqatlanishi, gigiyenik qoidalarga amal kilishi, zararli odatlardan oʻzni tuta bilishidir.

— Serharakatlilik organizmni tabiiy ravishda ragʻbatlantirib turadi. Shuning uchun sergʻayrat, tinib-tinchimaydigan odamlar doimo tetik, bardam, keksayganlarida ham baquvvat va shijoatli boʻladi

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Sharipov g‘oliblarni taqdirladi.

 

Axborot xizmati