04/04/2022

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-fevral oylari yakuniga ko‘ra, 1185,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-fevral oylariga nisbatan 16,6 % ga oshdi. Jami chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 78,7 % ni tashkil etdi.


Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda,

Sharof Rashidov (99,8 %),

Arnasoy (98,7 %),

Zafarobod (98,3 %),

Yangiobod (98,3 %),

G‘allaorol (96,7 %),

Forish (99,2 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.

Axborot xizmati