O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 fevraldagi 61-sonli “Davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 10-mb-son qaroriga asosan tasdiqlangan quyidagi hisobotlarni
1-korxona shakli yillik “Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2021 yil uchun hisobot” yillik Davlat statistika hisobotini 2022 yilning 1 aprelidan kechiktirmay “Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari”
12-moliya shakli (Oylik) “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot” Davlat statistika hisobotini 2022 yilning hisobot davridan keyingi oyning
18-sanasidan kechiktirmay “Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari”
12-korxona shakli (Oylik) “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot” Davlat statistika hisobotini 2022 yilning hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay “Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar” taqdim etishingiz so‘raladi.
Hisobot internet tarmog‘i orqali, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda avtomatlashtirilgan eStat 4.0 dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi.
eStat 4.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, Mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jizzax viloyati
statistika boshqarmasi
Tel: (72) 222-79-74, 221-51-02