27/01/2022

2021- yilda Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 72,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 560 ming tonna kartoshka import qilgan.Kartoshka importi 2020-yilga nisbatan solishtirilganda 109,1 ming tonnaga oshgan.
2021- yilda Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 196 ming tonna
Pokiston – 161 ming tonna
Eron – 141 ming tonna
Qirgʻiz R. – 35 ming tonna
Niderlandiya – 11 ming tonna
Rossiya – 4,8 ming tonna
Fransiya – 616 tonna

Axborot xizmati