17/01/2022

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 973,0 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 19,2 % ga oshdi.


2021- yilning yanvar-noyabr oylarida avtotransport xizmatlarining yuqori o‘sishiga Jizzax shahrida (25,1%), Sharof Rashidov (21,5 %), Do‘stlik (21,3 %), Paxtakor (20,3 %) va Zomin (18,2 %) tumanlarida  erishildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining sur’ati  Arnasoy tumanida (73,0%) kamaydi

Axborot xizmati