Nima uchun axolini ro‘yxatga olish aholi turmush darajasini o‘rganishda juda muhim?
Aholini ro‘yxatga olish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish - aholi farovonligini oshirishga yordam beradigan qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Bundan tashqari milliardlab davlat pullarini adolatli taqsimlashda, aholi haqidagi dolzarb ma’lumotlar talab qilinadi. Aholini ro‘yxatga olish davlat mablag‘larini adolatli taqsimlashda yordam beradi bunda ta’lim dasturlarini, sog‘liqni saqlash tizimini, huquqni muhofaza qilish organlarini va avtomobil yo‘llarini qurish kabi aholi turmush darajasini yuksaltiradigan tadbirlar, hududdagi aholi soniga qarab moliyalashtiriladi. Umuman olganda, aholini ro‘yxatga olish bizning mamlakatimiz qanday o‘zgarayotganini kuzatishga yordam beradi.
Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari nafaqat, qaror qabul qiluvchilar, statistika tizimi va qonun chiqaruvchi davlat organlari uchun, balki tadqiqot va marketing kompaniyalari, hususiy sektor va siyosiy partiyalar uchun ham qimmatli ma’lumot manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Ro‘yxatga olish, olimlar aytganidek, hisobotlarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni olish yoki uning ma’lumotlarini tekshirish uchun mahsus tashkil etilgan statistik kuzatuv turi hisoblanadi. Odatda, aholini ro‘yhatga olish bir qator hususiyatlar bo‘yicha statistik kuzatuv ob’yektining soni, tarkibi va holati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Nima uchun aholini ro‘yxatga olish kerak ?
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun, statistik tadqiqotlar o‘tkazish uchun yangi zamonaviy muqobil yondashuvlar ishlab chiqilishiga qaramay, demografik va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda hamda aholi holati haqida yagona va aniq ma’lumot so‘rov asosida tashkillashtiriladigan aholini keng ko‘lamli ro‘yxatga olish hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar tashkiloti o‘n yilda bir marta bunday "aholining fotoportretlari" ni tuzishni tavsiya qiladi, chunki jamiyatda o‘n yil ichida avvalgi tadbirlarda qo‘llanilgan aholini ro‘yxatga olish uslubiyat samaradorligi hamda aholi tarkibi bo‘yicha sezilarli darajada o‘zgarishlar yuz bergan bo‘ladi.
Shu sababli, so‘rovnomalar mazmuniga tuzatishlar kiritish, zamonaviy ijtimoiy va hulk-atvor omillarini hisobga olgan holda ma’lumotlarni to‘plash va kayta ishlash uslubiyatni takomillashtirish talab kilinadi.
Bundan tashkari, BMT jamiyatning siyosiy hayotini rag‘batlantiradigan, hususan, demokratik saylovlarni o‘tkazishda, davlat resurslaridan oqilona va adolatli foydalanishda va taqsimlashda aholini ro‘yxatga olishning o‘rni ulkan ekanligini e’lon qildi.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida statistika to‘g‘risidagi qonunlari mavjud bo‘lib, ularda ro‘yxatga olish jarayonida jismoniy shaxslardan olingan ma’lumotlarni faqatgina statistika maqsadlarida foydalanish, ularni jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda e’lon qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Aholini ro‘yxatga olish so‘rovnomalarida aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim bo‘lgan savollar kiritilgan.
Dunyoning turli davlatlarida aholini ro‘yxatga olish so‘rovnomalari juda o‘xshash. Davlat ijtimoiy dasturlarini, shu jumladan, kam ta’minlangan oylalarga, boquvchisini yoqotgan fuqorolarga, nogironlarga yordam berish dasturlarini ishlab chiqishda so‘rovnomalardagi ma’lumotlar qo‘l keladi.
Shu bilan birga, aholi ro‘yxatga olish jarayoni turmush darajasining barcha ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini o‘zida aks ettiradi. Masalan, milliy tarkibi, daromadlari, bandligi, ma’lumot darajasi, mulkiy holati, yashash sharoitlari kabi ko‘rsatkichlarni qamrab oladi.
Milliy tarkibi to‘g‘risidagi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari odamlar hayotining turli jihatlarini o‘rganish, ularning joylashuvi, madaniy xususiyatlari, mamlakatimizda yashaydigan xalqlarning o‘zaro ta’sirining murakkab jarayonlarini tahlil qilish uchun keng qamrovli materialdir.
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rovnomalar shunday tuzilganki, bunda daromad manbalari emas, balki yashash manbalari o‘rganiladi. Boshqacha qilib aytganda, so‘rovnomalarda odamlar ma’lum pul summalarini qabul qilish kanallari emas, balki ish joylarini ko‘rsatadilar. Aholining yashash joylari manbalari bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlar mamlakat aholisining, hududlarning va ularning ma’muriy-hududiy tuzilmalarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini tahlil qilish imkonini beradi. Aholi turmush darajasini o‘rganishda ro‘yxatga olish keng qamrovli vazifalar qo‘yadi.
Zomin tuman statistika bo‘limi