O‘zbekiston 4,4 ming tonna limon eksport qilgan
O‘zbekiston 2021- yilning 11 oyida 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,4 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,5 ming tonna
Qozog‘iston – 1,4 ming tonna
Qirg‘iz R. – 445 tonna
Ukraina – 3 tonna
Afg‘oniston – 2,2 tonna
Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 1,3 ming tonna
Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna
Namangan viloyati – 272 tonna
Buxoro viloyati – 210 tonna
Axborot xizmati