23/12/2021

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 27,6 mln. AQSh dollariga teng qariyb 62 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 27,2 ming tonnaga kamaygan.

11 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:
 Qozog‘iston – 31,2 ming tonna
 Rossiya – 25,5 ming tonna
 Turkmaniston – 2,1 ming tonna
 Qirg‘iz R. – 1,5 ming tonna
 Ukraina – 795 tonna
 Belarus – 546 tonna

Axborot xizmati