1.Aholini ro‘yxatga olish yakunlari bosqichma-bosqich shakllantiriladi, shu jumladan:
shahar va qishloqda ro‘yxatga olingan aholi (shu jumladan erkaklar va ayollar) soni bo‘yicha dastlabki natijalar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yig‘ma ro‘yxatlar natijalari asosida shahar va qishloq aholisiga ajratilgan holda tuziladi;
yakuniy natijalar Aholini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilish dasturiga asosan mavzuli navbat bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar bazasidan maxsus grafik bo‘yicha shakllantiriladi;
qo‘shimcha natijalar e’lon qilingan ma‘lumotlar miqdoridan ortiq hajmdagi foydalanuvchilarning so‘rovlari bo’yicha (so‘rovlar kelib tushishiga ko‘ra) ma’lumotlar bazasi asosida shakllantiriladi.
2.Aholini ro‘yxatga olish natijalari rasmiy bosma mavzuli nashrlar ko‘rinishida, shuningdek, elektron manbalarda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida), foydalanuvchilarning keng ommasi uchun ommabop nashrlarda (risolalar, press-relizlar, atlaslar, taqdimot materiallarida) e’lon qilinadi.
3.Qayta ishlangan qog‘oz ko’rinishidagi aholini ro‘yxatga olish varaqalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda markazlashgan tarzda saqlanadi.
Sharof Rashidov tuman statistika bo‘limi