Davra suhbatini viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i D. Mulladjanov kirish so‘zi bilan ochib, “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat”, giyoxvandlik kabi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, maxalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olish dolzarb vazifa ekanligini, XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri shubhasiz diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, mazkur xatar shu qadar keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko‘pincha, unga e’tiborsiz hatto, loqayd bo‘lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nihoyatda achinarli hol, ekanligi to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng boshqarmaning yuriskonsulti Qo'shoqov G'ulom so‘z olib, yuqorida qayd etilganidek, u bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shunga mos ravishda dunyoda diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plangan. Mazkur tajribadan chiqadigan eng asosiy xulosa shuki, diniy ekstremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan, huquq-tartibot organlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilangina kurashish bilan barobardir. Boshqacha aytganda, bunday yo‘ldan borilganda, diniy ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan «ildiz»lar beshikast qolaveradi, vaqt o‘tishi bilan ular yangi «kurtak»lar berishda davom etaveradi.
Shunday ekan biz jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmog‘imiz lozim. Dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayonida ayrim qora kuchlar turli din vakillari o‘rtasida adovatni keltirib chiqarish, fuqarolarni bir-biriga gij-gijlash hamda turli hududlarda notinchliklar vujudga keltirishga urinish holatlari uchrab turganligi bo‘yicha o‘z fikrini bayon etdi. Bunday ishlar turli diniy sektalar va misionerlar tomonidan fuqarolarni aldash, ularga yolg‘on va’dalar berish orqali o‘zlarni izmiga bo‘ysundirish orqali amalga oshirish hollari ham uchrab turganligi uchun fuqarolarimizni, ayniqsa yoshlarimizni ogohlikka chaqirib. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining 30 yilligi davomida xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ulkan yangiliklar, bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Eng muhimi, ong-tafakkurimiz o‘zgarib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xalqimizning shaxsiy va umummilliy maqsadlar mushtarakligiga, g‘oyaviy birlikka intilish hissi uyg‘ondi. Biroq, bizning mustaqil yuksalish natijalarimizni ko‘rolmaydigan, o‘z geopolitik maqsadlaridan kelib chiqib milliy ma’naviy qadriyatlarimizni qadrsizlantirishga qaratilgan g‘oyaviy tahdidlar hamon davom etmoqda. Yoshlarni milliy mafkura ruhida tarbiyalash, sof insoniy munosabatlar va his-tuyg‘ular asosida qurilsa, har bir o‘smirning eng nozik kechinmalariga, hissiyotiga ta’sir etadigan g‘oya darajasiga ko‘tarilsa, buzg‘unchi g‘oyalar yo‘li to‘siladi. Johil aqidaparastlikning da’vati axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasligi to‘g‘risida fikr yuritib, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda dunyoga xavf solayotgan turli ekstremistik tashkilotlarning tahdidlari haqida ma’lumot berdi.
Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo‘lishi lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
Yig‘ilish so‘ngida xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yig‘ilish qatnashchilari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi. Bugungi davra suhbatidan olingan bilimlardan to‘g‘ri hulosa qilgan holda, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan turli xil manbalardan keng foydalanish bo‘yicha xodimlarga tushuntirishlar berildi.
Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha masul xodim
Butunboeva Kamolat