16/12/2021

2021- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 317 tani tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar - noyabr oylarida ushbu sohada 50 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 151,5 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:

Jizzax shahri – 18 ta

Baxmal tumani – 6 ta

Zomin tumani – 5 ta

Do‘stlik tumani – 4 ta

G‘allaorol tumani – 4 ta

Zarbdor tumani – 4 ta

Sh.Rashidov tumani – 3 ta

Zafarobod tumani – 2 ta

Arnasoy tumani – 1 ta

Yangiobod tumani – 1 ta

Paxtakor tumani – 1 ta

Mirzacho‘l tumani – 1 ta

Axborot xizmati