O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 23 noyabrda Jizzax viloyati xokimining “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 339-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” da ro‘yxatga olishga aloqador viloyatdagi har-bir tashkilot va muassasaga bajarishi lozim bo‘lgan vazifalari aniq qilib belgilab berilgan. Jumladan, bugungi kunda maxalla va oilani kullab kuvvatlash bulimlari xamda kadastr bulimlari bilan xamkorlikda xonadonlarga rakam urnatish ishlarini yakuniga yetkazish buyicha ishlar amalga oshirilib kelinmokda.
Viloyatimizda kartografik materiallarning (sxematik reja va xaritalarning) jami 667 ta aholi punktlari va mahallalarining dastlabki xaritalari kadastr idoralaridan qabul qilib olindi. Bugungi kunda yurtimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi sababli shahar va tumanlar, ulardagi aholi punktlarining ko‘rinishi tubdan o‘zgarib ketmoqda. Shu sababli, ularning xaritalari yangilangan holda qaytadan yig‘ib olinmoqda.
Hozirgi kunda viloyatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida aholini xabardor qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan OAVlarda, jumladan, televideniye, radio orkali chikishlar, gazetalarda makolalar chop etilmokda, rasmiy saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, axoli gavjum joylarda monitorlarda xamda radiouzellar orkali keng yoritish ishlari tashkil etilmoqda. Viloyat, tuman va shahar mahallalari, tashkilot va korxonalar, hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida muntazam ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Axborot xizmati