07/12/2021

Boshqarmada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi”gi mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda Boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan bugungi kunda konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va konstitutsiyani yaratilish tarixi to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan. Konstitutsiyaning g‘oya va normalari o‘zbek xalqining teran tarixiy ildizlariga asoslangan bo‘lib, u ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlarni, ulug‘ ajdodlarimizning huquqiy merosini o‘z ichiga olgan.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, xolislik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

Jizzax viloyat statistika

boshqarmasi bosh yuriskonsulti.