Boshqarmada joriy yilning 24 noyabrda “Mustabid tuzumning 1937-1938 yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan qatag‘on siyosati va uning mudhish oqibatlari” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.
Davra suhbatida ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim K. Butunbayevaning ma’ro‘zasi tinglandi.
Sobiq Ittifoqning tarixi sahifalarida millionlab fuqarolarning qonlari bilan yozilgan sahifalari mavjud bo‘lib, bu mustabid sovet tuzumining qatag‘onlik siyosatidir.
XX asrning 30 yillariga kelib jahon xaritasida mutlaqo qayd etilmagan "Gulag" lagerlari tashkil topdi. Uning fuqarolari haq-huquqsiz Sovet Ittifoqi Qahramonlari, mashhur fan-arboblari, mohir diplomat, shoir va yozuvchi, rassom yoki nomlari hech kimga ma’lum bo‘lmagan ishchi, kolxozchilar edi.
Bu albatta sovet davlatining qatag‘onlik siyosati natijasi edi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlarni «Bosmachi» tamg‘asi bilan yo‘q qilinib tashlandi. So‘ng aholini mehnat qilib biror narsa orttirgan o‘rta hol qismi bu baloga giriftor etildi.
Alohida hech qanday g‘ayri qonuniy harakatlar sodir qilmagan partiyaning ichki muholiflari 20-yillarning 2-yarmidan boshlaboq qamoqqa olindi va surgun qilindi. Shundan keyin qatag‘onlar ko‘payib, ularning sabablari esa soxtalashtirildi. Bu birinchi galda jadid maktablarining mutaxassislari: olimlar, injenerlar, agronomlar, iqtisodchilar va ziyolilar guruhiga ta’lluqli edi. Ularning ko‘pchiligini josuslar «qo‘poruvchilar» «xalq dushmani» deb e’lon qilinib, turli xil jazolarga (qamoq, surgun, otuv va h.k.) hukm qilindi.
Qishloq xo‘jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida dehqonlarning anchagina qatlamlari qatag‘on qilindi. Yangi qurilishlardagi yosh ishchilar, qishloqlarda naridan beri o‘qitilgan mexanizatorlar ko‘pincha texnika buzilishida aybdor bo‘lib qoladilar. Bu ham keyinroq sinfiy dushman qo‘poruvchiligi sifatida baholanadigan bo‘ldi.
Qatag‘on haqida general - leytenant Pavlenko shunday degan edi; «Dunyo tarixida yaqinlashib kelayotgan urush arafasida hech qaysi mamlakat ayovsiz va keng doirada o‘z harbiy mutaxassislarini yo‘q qilganini bilmaydi».
1937-1938 yillar qatag‘on avjiga chiqqan davr bo‘lib bunda ko‘plab partiya va davlat arboblarini nohaq qurbon qilindi. Jumladan, butun boshqaruv apparati Leningradda yo‘q qilindi. Bunday qatag‘onlar RSFSR, Ukraina, Ozarbajon, Gruziya, Armanistonda ham keng ko‘lamda amalga oshirildi.
Sovet fanining nazariyotchilari, olimlar ham qatag‘on qurbonlari bo‘ldilar. Masalan: genetika fanining otasi Vavilov, geografik - biosfera ta’minot nazariyotchisi Vernadskiy V.I, Ioffe - fizik, Luzin - buyuk matematik, Lisenko - biolog nazariyotchi, Bulgakov, Platonov kabi adabiyot nomoyandalari va xokozalarning qatag‘on etilishi ilm-fan va madaniyatning chinakkam fojeasi bo‘ldi.
O‘zbekistondagi partiya xodimlari va davlat arboblarining yo‘q qilinishi ham o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Butun Sobiq ittifoqda bo‘layotgan qatag‘on siyosati O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Stalin va uning qonxo‘r jallodlari o‘zbek xalqining chin farzandiga nisbatan ham qatag‘onlar yo‘lini tutdilar. O‘zbekistonda qamalmagan biror taniqli shaxs, rahbar, partiya xodimlari qoldirilmadi. Ayrimlari yaqqol ko‘zga tashlanmaganlar xufiy nazoratga olindi.
Respublikada birinchi qatag‘on qurboni respublika Xalq Komissarlari Soveti raisi Fayzulla Xo‘jayev edi. U 1896 yili Buxoroda savdogar millioner oilasida dunyoga kelgan. Fayzulla Xo‘jayev 1922-1924 yillarda Buxoro Respublikasi Mehnat va Mudofaa Sovetining raisi bo‘ldi.
Yaylovlarning paxta ekiladigan maydonlarga aylantirilishi natijasida chorva mollari tuyog‘ining umumiy soni keskin qisqarib ketdi. Paxta ekin maydonlari kengayishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga oqishini keskin kamaytirdi. Orol fojiasi kelib chiqdi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xato va kamchiliklar sovet jamiyatini oxir oqibat inqirozga mahkum etdi.
Inqirozli vaziyat ma’naviy sohani ham qamrab oldi. Maorif, oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimida son ketidan quvish, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining o‘rnatilishi kadrlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mustabid tuzum 50-yillar boshlarida madaniyat va fan arboblariga nisbatan qatag‘on uyushtirdi. Baynalminalchilik shiori ostida milliy qadriyatlar chekkaga surib qo‘yildi. 20-30 yillardayoq Islom diniga qarshi kurash bahonasida xalqimizni qadimiy urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlariga boshlangan hujum davom ettirildi. «Ro‘za hayiti», «Kurbon hayiti», «Navro‘z» kabi xalq bayramlari taqiqlandi, hatto Islomgacha ham xalqning eng sevimli taomi bo‘lib kelgan «Sumalak» payg‘ambar taomi sifatida taqiqlandi. Uning o‘rniga yangi Sho‘ro bayramlari va tantanalari joriy qilindi.
Milliy kiyimlarda yurish, sunnat tuyini qilish, o‘z ona tilida muloqotda bo‘lish eskilik sarqiti va madaniyatsizlik ko‘rinishi deb baholandi. Din xalq uchun buyukdir deb e’lon qilindi. Bolalar bog‘chasidan toki oliy o‘quv yurtlarigacha ateistik tarbiya tiqishtirildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sho‘rolar hukmronligi davrida O‘zbekiston iqtisodiy va madaniy jihatdan mustamlakachilik rejasiga buysundirilgan edi. Respublika qog‘ozdagina mustaqil bo‘lib, amalda esa har tomonlama «katta og‘a»ga qaram va tobe edi
Gorbachev farmonda 60-yillardagi Xrushev tomonidan amalga oshirilgan qatag‘on qurbonlari reabilitatsiyasini yetarli emas deb hisoblashini ham aytib o‘tadi. Ushbu farmon orqali u boshlangan ishni oxiriga yetkazib qo‘yishi lozim edi. U qurbonlar haq-huquqlarini tiklash borasida muhim qadamni qo‘ydi. Hujjatda eng muhim punkt quyidagicha edi:
“Insonning asosiy fuqarolik va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga zid ravishda, kollektivlashtirish davrida dehqonlarga, shuningdek, boshqa barcha fuqarolarga nisbatan 1920–1950-yillarda siyosiy, ijtimoiy, milliy, diniy va boshqa sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan qatag‘onlar noqonuniy deb tan olinsin va ushbu fuqarolarning huquqlari to‘liq tiklansin”.
Hujjatda, shuningdek, ushbu farmon “Ulug‘ Vatan urushi yillarida, urushdan oldingi va urushdan keyingi yillarda Vatanga va sovet xalqiga qarshi jinoyatlarda ayblangan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligi” ham belgilab qo‘yildi.
Gorbachevning SSSR tarixida tutgan o‘rni qanday bo‘lishi, undan keyingi Respublikalarda ushbu hujjatning ijrosi qay darajada amalga oshirilganidan qat’iy nazar u shu birgina harakati tufayli tarix oldida o‘z o‘rnini belgilab bergan desak, adashmagan bo‘lamiz.
Xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yig‘ilish qatnashchilari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi. Bugungi davra suhbatidan olingan bilimlardan to‘g‘ri hulosa qilgan holda, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan turli xil manbalardan keng foydalanish bo‘yicha xodimlarga tushuntirishlar berildi
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim K. Butunbayeva