23/11/2021

2021 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 233,1 ming taga yetdi.

2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni – 92,9 ming taga (4,3 %) ko‘paydi.

2021 yilning 1 oktabr  holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 72,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

Axborot xizmati