26/10/2021

2021– yilning yanvar– sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Baxmal (2263,0 mlrd. so‘m) va G‘allaorol (1947,9 mlrd. so‘m) tumanlariga qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Jizzax shahri (253,2 mlrd. so‘m), Yangiobod tumani (370,2 mlrd. so‘m) va Zafarobod tumani (797,7 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin. 

Viloyat ko‘rsatkichidan (104,0 %) yuqori o‘sish sur’atlari Do‘stlik (118,6 %), Mirzacho‘l (111,6 %), Zafarobod (111,5 %), Sh.Rashidov (107,4 %), Zarbdor (106,7 %) tumanlarida kuzatildi. Arnasoy (102,2 %), Baxmal (101,3 %), G’allaorol (100,9 %), Forish (100,6 %), Zomin (100,0 %), Yangiobod (99,7 %), Jizzax shahri va Paxtakor tumanlarida (94,1 %) esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.

 

Axborot xizmati