2021 yil yanvar –sentyabr oylarida Jizzax viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish xaqi iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ish haqi ko‘rsatkichlarini umumlashtirish natijasida, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi (kichik korxonalar va mikrafirmalar va qishloq xo‘jalik korxonalarsiz) 2347,7 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat sohasida 2428,6 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 %), qurilish sohasida 2535,3 ming so‘m so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,1 %), savdo sohasida 2855,1 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,1 %), tashish va saqlash sohasida 1792,9 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,3 %), moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 6212,2 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 %), ta’lim sohasida 2152,4 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,1 %), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1901,3 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 %) va boshqa faoliyat turlarida 2688,1 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,9 %) tashkil qildi.
Axborot xizmati