22/10/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710 – sonli Qaroriga muvofiq 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga jalb qilingan shaxslar bilan hududiy statistika boshqarmalari:

muddatli mehnat shartnomasi — tuman, shahar miqyosida aholini ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan ro‘yxatga oluvchi xodimlar (tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar) va birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi xodimlari (markaz boshliqlari, operatorlar guruhi boshliqlari, operatorlar, hujjatlarni saqlash dispetcherlari) bilan;

fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma (pudrat shartnomasi) — uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar, ro‘yxatga oluvchilar, instruktorlar (supervayzerlar), ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari bilan shartnomalar tuzadi.

2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga hamda birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritishga jalb qilingan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga vaqtinchalik jalb qilinadigan xodimlarga Qo‘mita tomonidan tayyorlangan maxsus guvohnoma beriladi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarga maxsus guvohnomalar berishga hududiy statistika organlari mas’ul hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar o‘qitiladi.

 

Baxmal tuman statistika bo'limi