22/10/2021

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2524,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabr oylariga mos davriga nisbatan 20,9 % ga oshgan holda, uning jami sanoatdagi ulushi 44,5 % ni tashkil etdi.

 

Shahar va tumanlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi 29,1 % Jizzax shahriga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, G‘allaorol tumani 19,5 % ni, Forish tumani 7,4 % ni, Paxtakor tumani 6,9 % ni Arnasoy tumani 5,9 % ni hamda Zarbdor tumani 5,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, viloyatda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida yuqori ko‘rsatkich G‘allaorol tumani ( 309,3 %), Zarbdor tumani ( 133,7 %), Arnasoy tumani ( 132,9 %), Paxtakor tumanlarida (122,1 %) va Forish tumani ( 122,1 %), qayd etildi.

Axborot xizmati