Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar–sentabrida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YaHM ) hajmi joriy narxlarda 15 910,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda 6,6 % ga o‘sdi.
YaHM deflyator indeksi 2020- yil yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 118,3 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Jizzax viloyatining qo’shgan hissasi 3,1 % ga yetdi.
Axborot xizmati