08/10/2021

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning eksportyorlari soni 140 tani tashkil etib, ular tomonidan 131,2 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2020- yilning mos davriga nisbatan 52,7 % ga oshdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,8 % ni tashkil etib, sanoat tovarlari (66,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,3 %), turli xil tayyor buyumlar (9,3 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (3,5 %), mashina va asbob-uskunalari (0,8 %) nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari (2,4 %), boshqa tovarlar guruxi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.