2021- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni 42,8 % ni egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 10,8 % ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 4,9 % ga yetdi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 2,4 % ga teng bo‘ldi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati