Respublikada 2021- yilning yanvar- avgust oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 866 ta ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6332.4 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 122,8 % ni tashkil etdi.
Ichimliklar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 45.3 % (175 ta ichimlik ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 36,7 % (132 ta) hamda Namangan viloyati 5,8 % (48 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati