Boshqarmada 2021 йил 23 sentabrda “Yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” to‘g‘risida davra suxbati tashkil etildi.
Davra suhbatida dasturiy texnik-ta’minoti va ma’lumotlarni saqlash markazi do‘limi boshlig‘i M. Muradov ma’ro‘zasi tenglandi.
Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat evolyutsiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi.
Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji yoshlarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.
O‘z o‘rnida aytish kerakki, hozirgi kunda yoshlarning aksariyati asosiy axborot manbai sifatida Internetga murojaat qilmoqda. Foydalanilayotgan axborot vositalarining katta qismi asosan «Twitter», «Facebook», «Tik-tok», «Odnoklassniki» 1-x-bet.com, kabi ijtimoiy tarmoqlar va video, audio portallarga to‘g‘ri kelsa, ma’lum bir qismigina zararli ta’sir etmaydigan, ilmiy, madaniy va ma’rifiy saytlardan iboratligini kuzatish mumkin
Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda jahon bo‘ylab Internet tarmog‘ida pul tikish, qumor o‘yinlari va joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi, behayolik mazmundagi saytlar ko‘paymoqda, zo‘ravonlik va yovuzlikni targ‘ib qiluvchi kompyuter o‘yinlarini yaratish ishlari avj olgan. Ayni vaqtda, aksariyat kattalar va o‘smirlar onlayn tarzda tarqatiladigan pornografiya ta’siriga butunlay tushib qolgan.
Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur.
Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin.
Shundan so‘ng xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida yig‘ilish qatnashchilari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi. Bugungi davra suhbatidan olingan bilimlardan to‘g‘ri hulosa qilgan holda, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmasdan turli xil manbalardan keng foydalanish bo‘yicha xodimlarga tushuntirishlar berildi.
Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha ma'sul
Butunbaeva Kamolot