23/09/2021

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko'ra, Jizzax viloyatida sanoat sohasi bo‘yicha 3775 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tijorat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 99,1 foizi kichik biznes sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021 yil yanvar-iyul oylarida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4572,5 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik xajm indeksi 114,0 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 0,0 % ni (2020- yilning yanvar-iyul oylarida – 3,7 %), urta-yuqori texnologiyali – 16,6 % ( 4,1 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 19,6 % (18,6%) va qo‘yi texnologiyalisi – 55,6 % (64,6 %) ni tashkil etdi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2122,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va  2020- yilning yanvar-avgust oylariga mos davriga nisbatan 25,4 % ga oshgan holda, uning jami sanoatdagi ulushi 46,4  % ni tashkil etdi.

Shahar va tumanlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining  viloyat  jami hajmidagi eng yuqori ulushi Jizzax shahriga to‘g‘ri kelib, 29,0 % ni, shuningdek, Zarbdor  tumani  16,6 % ni, Do‘stlik tumani 13,0 % ni, hamda Paxtakor  tumani 8,7 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax shahar (156,7 %) hamda Zarbdor tumanida (154,1 %) qayd etildi. Nooziq-ovqat  mahsulotlari ishlab chiqarilishining  viloyat  jami hajmidagi eng yuqori ulushi Jizzax shahriga to‘g’ri kelib, 30,9 % ni, shuningdek, G’allaorol tumani  19,2 % ni, Forish tumani 9,2 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida eng yuqori  ko‘rsatkich G‘allaorol tumaniga to‘g‘ri  kelib, 460,1 % hamda Forish tumanida 214,5 % qayd etildi.

 

Axborot xizmati