23/09/2021

2021- yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 304,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,8 mln. AQSh dollariga kamaydi va 78,7 % ni tashkil etdi.

Viloyatimiz jahonning 60 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (28,8 %), Turkiyada (16,4 %), Koreyada (15,9 %), Rossiya Federatsiyasida  (13,5 %), Qozog‘istonda (6,6 %), Litvada     (2,0 %), Pokistonda (1,6 %),  Italiyada (1,6 %),  Germaniyada (1,4 %) va  Tojikistonda (1,4%) qayd etilgan.

 Axborot xizmati